“Real” 5 nafar futbolchini hech qanday narxga sotmaydi
“Real” yozda tarkibda juda katta “tozalash” ishlarini olib bormoqchi.
Ma’lum bo’lishicha, Madrid klubida besh nafar o’yinchi borki, ularni hech qanday pulga ham qo’yib yubormaydi – bular Kilian Mbappe, Tibo Kurtua, Trent Aleksander-Arnold, Arda Gyuler va Jud Bellingem.
Qolgan istalgan futbolchini yaxshi taklif chiqsa, sotib yuborishlari mumkin.
Avvalroq, yozda “Real”ni Joze Mourinyu boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo’lgandi.
