Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 11:40
KirishRo'yxatdan o'tish
YANGILIK TASMASI
15 YANVAR 2022, 00:02

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Holand faoliyatini Ispaniyada davom ettirish fikridan qaytmayapti.

As xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» norvegiyalik forvardni yozda o‘z safiga qo‘shib olishni asosiy maqsadga aylantirgan bo‘lsa-da, Erling Angliya emas, Ispaniyada to‘p surishni maqsad qilgan.

Manbaning yozishicha, Holand o‘z agenti Mino Rayolaga o‘zini «Real»ga transfer qilishni buyurgan. Erling yangi mavsumdan boshlab Kilian Mbappe bilan birga Madridda to‘p surishni istamoqda. Norvegiyalik hujumchi yozda 75 million yevro evaziga Dortmund klubini tark etishi mumkinligi aytilgandi.

Avvalroq, Mbappe ham yozda erkin agent sifatida Madridga ko‘chib o‘tishi haqida xabar berilgandi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 85

BILDIRILGAN FIKRLAR

© RealBlancos.Uz — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.