Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 13:21
KirishRo'yxatdan o'tish
YANGILIK TASMASI
15 YANVAR 2022, 00:01

«PSJ» hujumchisi Neymarning qachon safga qaytishi haqida ma’lumot berildi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, jarohatidan keyingi tiklanish jarayonini boshlagan Neymar yakka tartibda shug‘ullanmoqda. U asosan jismoniy mashqlarga zo‘r bermoqda. Braziliyalik hujumchi 6 fevral kuni Fransiya chempionati doirasidagi «Lill»ga qarshi safardagi o‘yin kuni maydonga qaytishi kutilmoqda. 

Neymar Chempionlar ligasi nimchorakfinal o‘yini doirasidagi «Real»ga qarshi uchrashuvga tayyor bo‘lmoqchi. 

Ma’lumot uchun, «PSJ» - «Real» o‘rtasidagi dastlabki bahs 15 fevral kuni Parijda o‘tadi. Javob o‘yini 9 mart kuniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli o‘yinchi 28 noyabr kuni «Sent-Eten»ga qarshi o‘yinda (3:1) jiddiy jarohat olib safdan chiqqan edi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 25

BILDIRILGAN FIKRLAR

© RealBlancos.Uz — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.