Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 12:25
KirishRo'yxatdan o'tish
YANGILIK TASMASI
13 YANVAR 2022, 23:48

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Barselona»ga qarshi o‘yin (3:2) vaqtida kataloniyaliklar yetakchisi Jerar Pike bilan tortishganining sababini aytdi. 

«Pikedan qattiq jahlim chiqdi. Men unga to‘pni tepib yuborishini aytdim. Sababi, Vinisius jarohat olib yotgan edi. Birinchi taymda biz shunday vaziyatda to‘pni maydondan chiqarib yuborgandik. 

U esa menga, ular hech qachon bizga nisbatan bunday qilishmagan, deb aytdi. Men bundan avvalgi voqealarga men javob bermasligimni gapirdim», — dedi italiyalik mutaxassis. 

Eslatib o‘tamiz, «Real» kechagi g‘alaba orqali Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda unga «Atletik Bilbao» va «Atletiko Madrid» bahsi g‘olibi raqiblik qiladi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 100

BILDIRILGAN FIKRLAR

© RealBlancos.Uz — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.