Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 12:37
KirishRo'yxatdan o'tish
YANGILIK TASMASI
12 YANVAR 2022, 12:42

«Real» klubi Ispaniya Superkubogi yarimfinali doirasidagi «Barselona»ga qarshi qaydnomasini e’lon qilgan.

Bosh murabbiy Karlo Anchelotti Saudiya Arabistonida o‘tadigan «El-Klasiko» uchun 24 nafar o‘yinchini jalb etgan. Bu safargi tarkibdan jamoa hujumchilari Garet Beyl va Mariano Diasga joy topilmadi. 

.


Qayd etilishicha, uelslik futbolchi tizzasida og‘riq his qilayotgan bo‘lsa, Mariano Diasda pay cho‘zilishi kuzatilgan.

Ma’lumot uchun, Ispaniya Superkubogi yarimfinali doirasidagi «Real» - «Barselona» uchrashuvi bugun, 12 yanvar, chorshanba oqshomida Ar-Riyoddagi «Qirol Fahd» stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuv soat 23:59da boshlanadi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 97

BILDIRILGAN FIKRLAR

© RealBlancos.Uz — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.