"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 15-turidan o'rin olgan "Deportivo"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bu o'yin qiyin bo'ladi, nafaqat oxirgi o'yinlar natijasidan kelib chiqib gapirayapman. "Deportivo"ni qilayotgan ishiga hamda jamoasidagi bor futbolchilarga qarab hozirgi jadvaldagi o'rnini ko'rish biroz g'alati tuyulishi mumkin. Biz bu o'yin juda qiyin bo'lishini bilamiz. Bu yilni eng so'nggi chempionat o'yini va biz yaxshi tayyor bo'lishga va bahsga ajoyib kayfiyatda borishga harakat qilamiz".
"Olti ochkolik farq yetarlicha ko'p, lekin biz ligani yutmoqchimiz, deb o'ylashga yetarli emas. Eng asosiysi qiladigan ishimiz, biz o'z-o'zimizga bog'liqmiz. Boshqalarni yutishi yoki yutqazishi qilishimiz kerak bo'lgan ishni o'zgartirmaydi. Ertangi o'yinimiz muhim, kartaga 3 ochko tikilgan va biz yilni g'alaba bilan tugallashimiz uchun qo'limizdan keladigan barcha ishni qo'llaymiz".
"Deportivo" haqidagi xotira
"Men biz yaxshi o'ynagan uy uchrashuvini eslayman, lekin "Depor" hozir boshqacha. Ular endi yaxshi o'ynashmoqda, ular yaxshi jamoa va men murabbiy hamda o'yinchi sifatida to'qnash kelgan "Deportivo"dan umuman farq qiladi">
Bu yildagi muvafaqqiyat haqida
"Ko'p murabbiylar va jamoalar "Real Madrid"da katta muvafaqqiyatlarga erishgan. Biz uchun asosiysi, qilayotgan ishimizni davom ettirish. Murabbiy muhim bo'lishi mumkin, lekin men uchun muhimi futbolchilarni har kungi qiladigan ishi hisoblanadi. Ular har bir mashg'ulotga katta ishtiyoq bilan tushadi va bu samarali muhit. Endi biz bularni barchasidan keyin oldinga qarashimiz kerak. Men bu muhitni yaxshiligini bilaman va bu juda tez ko'zgarishi mumkin".
Benzema
"U safimizda bor edi, lekin biz unga dam berishni xohladik. Bizda ko'p o'yinlar bor va ertaga unga va boshqa o'yinchilarga dam beramiz".
Jamoa
"Jamoa har qachongidanda ko'proq birlashgan. Qachonki bizda qiyinchiliklar bo'lganida ham shunday edi. Bu har tomonlama yaxshi jamoa, biz ularni barchasi do'st deb aytmaymiz, lekin ular bir-birini qattiq hurmat qiladi, bu esa muhim jihat. Hissiyot nuqtai nazaridan qiladigan ishimiz u qadar oson emas va bu bizga kundan-kunga yaxshi bo'lib borishimizga yordam beradi".
Xames va yanvardagi transfer oynasi
"Xames bu yerni tark etmaydi, men buni xohlamayman. U "Deportivo"Ga qarshi o'yinda o'ynaydimi yoki yo'qligini bilish uchun ertani kutishga to'g'ri keladi".
Morata
"Ertaga Morata o'ynaydi. Har kuni u kuchayib bormoqda va u o'ynashni xohlagandi. U juda yaxshi shug'ullanmoqda".
Klublar o'rtasidagi JChdan keyingi bo'lgan voqea (2014-yilgi klublar o'rtasidagi JChdan keyin Anchelotti jamoasi qator mag'lubiyatlarga uchragan)
"Men kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Men faqat og'ir mehnatga ishonaman deb aytmayman, chunki yordam beradigan boshqa ko'p narsalar bor, lekin eng asosiysi bu og'ir mehnat va buni biz har kuni qilamiz. Qishki tanaffusdan keyin o'zgarishimizga sabab ko'rmayapman".
"Deportivo"ga qarshi o'yindagi debyutdan keyingi rekord haqida
"Biz bunga erishish uchun astoydil ishladik va bu yil yaxshi bo'ldi. Biz xohlayotganimiz hali ham o'sha. Bizda hali ham katta ishtiyoq bor va bizni umidlarimizga hech nima ta'sir qilmagan va agar biz ishlashda davom etsak, orzu qilishda davom etamiz. Biz shu yo'lda davom etishga umid qilamiz".
Soliq mojarosi haqida
"Albatta, qachonki biz hamma narsa haqida gapirsak u bunga ta'sir qiladi, lekin biz uchun asosiysi muammolar juda tez hal bo'lishidir. Futbolchi bo'lishdan oldin ular insonlardir va juda aqllilar, ular nima qilayotganini juda yaxshi biladi. Bizda professional hisoblanadigan yaxshi insonlar bor va ular qilayotgan ishlarini nimaligini bilishadi. Umid qilamanki, barchasi tez hal bo'ladi, biz shunchaki futbol haqida o'ylashni va har o'yinda yutishni xohlaymiz".