Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 11:41
KirishRo'yxatdan o'tish
YANGILIK TASMASI
22 NOYABR 2021, 15:09

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 14-turidan o‘rin olgan «Granada»ga (4:1) qarshi o‘yinda so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Asensio men talab qilganlarimni bajaryapti, shu sababli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Eng muhimi, u o‘zining eng yaxshi fazilatlarini namoyish etmoqda.
Jamoamning o‘yin sifati menga yoqdi, ammo ikkinchi goldan so‘ng shiddat va ritmni pasaytirganimiz ma’qul emas. O‘sha daqiqalarda yetarlicha samarali o‘ynamadik.

Vinisiusni muammolardan qochish uchun almashtirdim. O‘yin yonayotgandi. O‘zimiz uchun ham, «Granada» uchun ham muammo keltirishni xohlamadim.

Kroos, Modrich va Kazemironing muvaffaqiyatlari kaliti yillar davomida birga o‘ynash tajribasidir. Ba’zida Luka va Toni bosimdan xalos bo‘lish uchun ortga chekinishadi, Kazemiro esa, aksincha, yuqoriga ko‘tariladi», – deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Marca.

.

Qo‘shdi: admin O‘qildi: 37

BILDIRILGAN FIKRLAR

© RealBlancos.Uz — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.